
Xabaringiz bor, kecha "Barselona" Ispaniya Kubogi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda "Atletik" ustidan g‘alaba qozondi - 3:1. Kataloniyaliklar safida Messi dublga erishgan bo‘lsa, Neymar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, deb xabar qiladi «Arena.uz».
Argentinalik futbol yulduzining uchrashuvdagi dastlabki goli esa finalning bezagiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘pni maydon markazidan qabul qilib olgan Messi o‘ng qanotdan chaqqonlik bilan birin-ketin raqib himoyachilarini aldab o‘tib, "Atletik" jarima maydoniga kirib bordi va osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi.
[media=https://www.youtube.com/watch?v=_mh7IqnLdrc]
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar