20:28 / 31.03.2017
5 845

Neymar: «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish eng katta orzuim

Neymar: «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish eng katta orzuim
"Barselona" hujumchisi Neymar «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish haqida fikr bildirdi.

"Oltin to‘p"? Bu - mening o‘z oldimga qo‘ygan eng qiyin maqsadlarimdan biri. "Oltin to‘p" – shahsiy muvaffaqiyatlar samarasidagi sovrin hisoblanadi, uni qo‘lga kiritishni faqat orzu qilib kelmoqdaman.

Lekin unga ega chiqishda shoshilish uchun sabab ko‘rmayabman. Hozirgi futbol uslubim o‘zimga yoqadi.

Do‘stlarimga va "Barselona"ga yordam berish yoqimli ish. Agar yuqorida keltirib o‘tgan so‘zlarimga amal qila olsam shunda "Oltin to‘p" meniki bo‘lishiga shubha qilmayman", - deydi Neymar "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish eng katta orzuim