
Bugun bo‘lib o‘tadigan Uzbek Tigers va Astana Arlans o‘rtasidagi to‘qnashuvdan bir kun oldin matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mezbonlar bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev qozog‘istonlik raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘ngildagidek o‘tganini ta’kidladi, deb yozadi «Daryo» nashri.
O‘ylaymanki, ertaga yigitlar o‘zlarining eng zo‘r jangini o‘tkazadi, tayyorgarlik ko‘ngildagidek kechdi. Nasib qilsa, janglarda g‘olib chiqib, muxlislarimizni xursand qila olamiz.
To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi
To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi
O‘zbekistonlik mutaxassisning fikriga ko‘ra, Astana Arlans uchun qolganlaridan farq qiladigan darajada tayyorgarlik ko‘rilmagan.
Biz barcha raqiblarga qarshi jang oldidan tayyorgarlik qilamiz. Barchasi reja asosida kechadi. Qaysidir raqib uchun alohida kuch bilan tayyorlanmaymiz.
To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi
To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi
Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers WSB’dagi ilk urinishida yarim finalga qadar etib borgan bo‘lib, Toshkent mezbonlik qilgan final janglarida ishtirok eta olmagandi.
Finalda ham Astana Arlans bilan uchrashishni istaymanmi? Albatta! Bunga qarshi emasman. Balki, mavsum oxirida final jangini shu erda o‘tkazib, huddi shu insonlar ishtirokida matbuot anjumani qilarmiz.
To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! To‘lqin Qilichev, Uzbek Tigers bosh murabbiyi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar