
Ispaniyalik murabbiyi Luis Enrike Neymarning "Barselona" tarkibida urgan 100 - goli haqida fikr bildirdi, deb yozadi Uff.uz sayti.
"Raqamlar ham Neymarning kuchli futbolchi ekanligidan darak bermoqda. "Barselona" uni jamoaga taklif etib to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Neymar - har bir himoyachi uchun katta xavf tug‘dira oladi.
Men uning "Barselona" tarkibida yana 900 ta gol kiritib, Kataloniyad uzoq vaqt qolishini istardim", - deydi Enrike Goal nashriga.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Barselona" Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan "Granada"ga qarshi safar uchrashuvida 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarning biriga mualliflik qilgan Neymar o‘zining "Barsa"dagi 177 uchrashuvida 100 - golini nishonladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar