date

Arteta: “Muxlislar ishonchini oqlay olmadik, ulardan uzr so‘rashimiz shart"

Arteta: “Muxlislar ishonchini oqlay olmadik, ulardan uzr so‘rashimiz shart"

Angliya chempionatining 32-turi doirasida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Bornmut”ga 1:2 hisobida kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natija chempionlik uchun kurashda intrigalarni yana-da kuchaytirib yubordi.

Uchrashuvdan so‘ng “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa ko‘rsatgan o‘yindan qattiq norozi ekanini yashirmadi. U muxlislarga ham alohida murojaat qilib, masʼuliyatni tan oldi.

— “Bu o‘yinda biz o‘z darajamizni ko‘rsata olmadik. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga munosib javob berishimiz kerak edi. Ulardan uzr so‘rashimiz va albatta kuchayishimiz shart”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Shunga qaramay, London klubi 70 ochko bilan Premyer-ligada hozircha peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti” uchun vaziyat umidli: ular “Arsenal”dan 9 ochko orqada, shu bilan birga ikki zaxira o‘yini mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: “Muxlislar ishonchini oqlay olmadik, ulardan uzr so‘rashimiz shart"