16:12 / 03.04.2017
5 753

O‘zbekistonlik karatechi Dubaydagi nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik karatechi Dubaydagi nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sadriddin Saymatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “Premer-liga Karate 1-2017” nufuzli xalqaro turnirida ham oltin medalga sazovor bo‘lib, Premer Liganing ketma-ket uchta bosqichida zafar quchishni uddaladi. 31 mart - 2 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada dunyoning 76 mamlakatidan 900 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

60 kg vazn toifasida kumite bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz finalga qadar David Gchebugava (Gruziya), Behnaman Mahzavi (Eron), Daniel Barkinda (Shvesiya), Stepan Efimenko (Rossiya), Angelo Kremenso (Italiya) va Samdan Eray (Turkiya)larni mag‘lub etgandi. Hal qiluvchi bahsda esa Sadriddinga turkiyalik yana bir sportchi Aykut Kayya ro‘baro‘ keldi. Final uchrashuvida raqibini 8:5 hisobida mag‘lub etgan Sadriddin Saymatov oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Ushbu vazn toifasida bronza medallari eronlik Amir Mahdizoda va turkiyalik Samdan Eraylarga nasib qildi.

E’tiborli jihati, 19 yoshli Sadriddin Saymatov o‘zining bu natijasi bilan “Premer Liga Karate 1-2017” turnirida ketma ket uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunga qadar u yil boshidan beri Parij va Rotterdam shaharlarida o‘tkazilgan Premer Liga bosqichlarida ham birinchi o‘rinni egallagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik karatechi Dubaydagi nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi