date

Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarovning fikrlari...

Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarovning fikrlari...

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov daʼvogarlar turnirida muddatidan avval g‘alaba qozonib, jahon chempionligi uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kiprda o‘tgan musobaqadan keyin u bo‘lajak hal qiluvchi uchrashuv haqida fikr bildirib, bahs oson bo‘lmasligini taʼkidladi.

«Men bu haqda ko‘p o‘ylab o‘tirishni xohlamayman. Yil oxirida meni juda og‘ir o‘yin kutayotganini bilaman», — dedi Sindarov.

Maʼlumot uchun, u jahon chempioni — hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi bahs olib boradi. Grossmeyster raqibining tajribasini tan olgan holda, o‘z imkoniyatlariga ham ishonch bildirib o‘tdi.

«Unda bunday darajadagi o‘yinlarda katta tajriba bor. Lekin menda ham kuchli jamoa bor, tayyorgarlik uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shuning uchun ko‘proq mehnat qilib, imkoniyatlarimdan maksimal foydalanishga harakat qilaman», — dedi u.

Sindarov daʼvogarlar turnirining o‘zi ham juda murakkab o‘tganini alohida qayd etdi.

«Bu juda uzoq va og‘ir turnir bo‘ldi. Har bir tur nihoyatda qiyin kechdi. Oxirgi kunlarda hatto yaxshi uxlay olmadim. Ammo hozir juda xursandman. Oilamga, murabbiylarimga va meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiraman», — dedi shaxmatchi.

Grossmeyster so‘nggi turdagi partiya psixologik bosimsiz o‘tishini aytdi. Shu bilan birga, u eʼtiborini faqat o‘z o‘yiniga emas, balki ayollar o‘rtasidagi daʼvogarlar turniriga ham qaratmoqchi ekanini bildirdi:

«Ertangi partiya bosimsiz o‘tadi. Shu bilan birga, Bibisorani ham qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. Uning imkoniyatlari ham yaxshi», — dedi Sindarov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarovning fikrlari...