23:05 / 03.04.2017
5 768

O‘zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun, 3 aprel kuni Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichidgi ishtirokini boshladi. “B” guruhi 1-turida Sherali Boboqulov shogirdlari Gonkong termasiga qarshi bahs olib bordi, deb yozadi Uff.uz.
O‘zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashini g‘alaba bilan boshladi
Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim II Sung Stadium maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Lyudmila Karachik hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Chyong Vam Ki muvozanatni tikladi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Dildora Nozimova tomonidan kiritilgan gol Sherali Boboqulov jamoasiga g‘alaba keltirdi. “B” guruhdagi dastlabki o‘yinda mezbonlar – KXDR ayollar termasi Hindiston darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi.

Osiyo Kubogi–2018 saralashi

“B” guruhi, 1-tur

3 aprel, dushanba

Gong Kong – O‘zbekiston 1:2

Gollar: Chyong Vai Ki (80) – Lyudmila Karachik (16), Dildora Nozimova (90+4)

Ogohlantirish: Kvok Ching Man (90)

Gonkong: Lyong Vai Nga, Xo Van Tung, Kvok Ching Man, Sang Ving Sze, Kvong Ving Yan, Ving Kum (Lau Yu Ching, 85), Sin Chang Yi, Yu Xei Man, Vong So Xan, Chyong Vai Ki, Lau Mung King (66).

O‘zbekiston: Laylo Tilolova, Nozima Kamoltoyeva, Xolida Dadaboyeva, Zumrad Nazarova, Feruza Turdiboyeva (Malika Burxonova, 89), Nilufar Qudratova, Maftuna Shoyimova, Komila Zaripova (Maxfuza Turopova, 22), Lyudmila Karachik, Lianna Norbekova, Dildora Nozimova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashini g‘alaba bilan boshladi