date

Bernardo Silva 215-g'alaba bilan "Man Siti" rekordini yangiladi

Bernardo Silva 215-g'alaba bilan "Man Siti" rekordini yangiladi

"Man Siti" yarim himoyachisi Bernardo Silva klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli futbolchi maqomiga erishdi. Portugaliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi doirasida "Bernli"ga qarshi kechgan bahsda (1:0) o'zining 215-g'alabasini qo'lga kiritdi. Shu tariqa u klub afsonasi David Silvaning 214 ta g'alabadan iborat rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Bernardo Silva 2017-yilda "Monako"dan transfer qilinganidan buyon jamoaning ajralmas bo'lagiga aylandi. Hozirda u g'alabalar soni bo'yicha ro'yxatda yakka peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan David Silva va 205 ta g'alaba bilan darvozabon Ederson joy olgan. 31 yoshli yarim himoyachi Premyer-ligadagi 299 ta o'yinining 72 foizida g'alaba qozongan.


"Bernli" bilan o'yin Silva uchun yana bir ko'rsatkich bo'yicha tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. U klub safidagi 453-uchrashuvini o'tkazib, barcha musobaqalardagi ishtiroki bo'yicha Mayk Sammerbidan o'zib ketdi va 8-o'ringa ko'tarildi. Gvardiola qo'l ostida u qanot hujumchisidan markaziy yarim himoyachigacha bo'lgan turli pozitsiyalarda o'zini ko'rsatib kelmoqda.

Bernardo Silva sakkiz mavsum davomida "Man Siti" bilan 19 ta nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi. Uning hisobida oltita Premyer-liga chempionligi mavjud bo'lib, bu borada u Kevin De Bruyne va Jon Stounz bilan bir xil natija qayd etgan. Portugaliyalik yulduz joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan bo'lsa-da, uning nomi klub tarixiga oltin harflar bilan yozildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bernardo Silva 215-g'alaba bilan "Man Siti" rekordini yangiladi