Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi
Qisqacha

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi. U tizzasidagi og'ir jarohat sababli uzoq vaqt maydonga tusha olmagan edi, ammo hozirda umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi. Bosh murabbiy Xansi Flik Gavi bilan bog'liq ijobiy fikrlarini bildirdi, lekin uni ehtiyotkorlik bilan o'yinga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Gavi dastlabki uchrashuvlarda zahiradan maydonga tushishi kutilmoqda.

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik yarim himoyachi Gavining umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytganini e'lon qildi. Ispaniyalik futbolchi tizzasidagi og'ir jarohat sababli 205 kun davomida maydonga tusha olmagan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub rasmiy sayti Gavining tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgani va yakshanba kuni "Sevilya"ga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi. Futbolchi kutilganidan ko'ra tezroq tiklanishga muvaffaq bo'ldi.

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

Xansi Flik yosh iqtidor egasining qaytishidan mamnunligini bildirdi, biroq uni ehtiyotkorlik bilan o'yinga jalb qilishini ta'kidladi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Gavi dastlabki uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushishi kutilmoqda.

«U tibbiy ruxsat oldi va men bundan xursandman. Mashg'ulotlarda ko'rsatgan o'yini menga ma'qul keldi, ammo biz uni bosqichma-bosqich o'yin amaliyotiga qaytarishimiz kerak», — dedi germaniyalik mutaxassis.

Gavi 205 kunlik tanaffusdan so'ng "Barselona" tarkibiga qaytdi

Flik futbolchining ruhiy holati va jismoniy kurashlarga tayyorligiga shubha qilmayapti. Murabbiy Gavining maydondagi shijoati va o'z tanasiga bo'lgan 100 foizlik ishonchini yuqori baholadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar