«Sevilya» Stevan Yovetichni «Inter»dan to‘liq sotib olmoqchi
Ispaniyaning "Sevilya" jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan futbolchi Stevan Yovetich amaldagi klubida qolishni istamoqda.
Bu haqida Yevropa matbuoti xabar tarqatdi, deb yozadi "Uff.uz".
"Sevilya" ham o‘z navbatida uni "Inter"dan 13 million yevroga sotib olishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, andalusiyaliklar Yovetichni yanvarda "Milan"dan ijaraga olgan edi.






























Izohlar 0
…