Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan “Qirol kubogi-2017” xalqaro turnirining final janglari o‘z yakuniga etdi. Bu haqda “Sports.uz” nashriga tayanib "Qalampir.uz" xabar berdi.
Mazkur final janglarini O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi qaroriga ko‘ra, tajribali bokschilarimizdan Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov finalda o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.
64 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov mezbonlar vakili Vuttichai Masuk bilan kuch sinashib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
75 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan va “Uzbek Tigers” tarkibidagi janglarda muxlislar olqishiga sazovor bo‘lib kelayotgan Isroil Madrimov kubalik Osley Iglesias Estrada ustidan g‘alaba qozonib, terma jamoamizning yagona oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z ishtiroklarini yarim finalda to‘xtatgan Jasurbek Latipov, Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliev bronza medal bilan kifoyalanishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi