Ispaniya chempionatining 31-turida "Malaga" uyiga safar qilgan "Barselona" musobaqa peshqadamiga aylanish imkonini qo‘ldan boy berib qo‘ydi. "Malaga" kataloniyaliklarni 2:0 hisobida mag‘lub qildi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Mezbonlar 32-daqiqada Sandro Ramiresning goli evaziga hisobni ochishgan bo‘lsa, o‘yin yakunlashi arafasida Xoni Rodriges jamoaning ikkinchi golini kiritdi.
Shuni ta’kidlash joizki, "Barselona" 65-daqiqada Neymarga ko‘rsatilgan qizil kartochka sababli o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.
31-turdan so‘ng "Barselona" 69 ochko to‘plab, etakchi "Real"dan 3 ochko farq bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Hisobida 33 ochko bo‘lgan "Malaga" esa 14-pog‘onani band qilgan.
Malaga – Barselona 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Sandro Ramires, 2:0 – 90 Xoni Rodriges.
Malaga – Kameni, Ernandes, Rikka, Rosales, Lorente, Fornals, Xuan Karlos (Xoni Rodriges, 83), Kamacho, Resio, Anor (Penyaranda, 67), Sandro Ramires (Sharles, 77).
Barselona – ter Stegen, Mate (Serdji Roberto, 46), Umtiti, Alba, Maskerano, Andre Gomesh (Pako Alkaser, 61), Buskets, Denis Suares (Inesta, 46), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Alba (8), Neymar (27), Umtiti (33), Rikka (37), Resio (45), Penyaranda (69), Xuan Karlos (82), Maskerano (87).
Chetlatish: Neymar (65).
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi