date

Neymar Robinho Junior bilan yuzaga kelgan mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Neymar Robinho Junior bilan yuzaga kelgan mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Braziliyalik yulduz Neymar mashg‘ulotlar vaqtida yosh jamoadoshi Robinho Junior bilan yuz bergan janjal yuzasidan omma oldida uzr so‘radi. Futbolchi mashg‘ulotdagi keskin vaziyatda o‘zini tuta olmaganini va yosh o‘yinchiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lganini tan oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Copa Sudamericana doirasidagi Deportivo Recoleta jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan Neymar, kiyim almashtirish xonasida Robinho Junior bilan barcha kelishmovchiliklarni hal qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu futbol olamida uchrab turadigan holat va ular o‘rtasida hech qanday adovat qolmagan.

O‘z navbatida, Robinho Junior ham Neymarning uzrini qabul qilganini ma’lum qildi. Yosh hujumchi shartnomasini bekor qilish haqidagi qarorini ham qaytarib olganini va Santos safida 2031-yilgacha qolishini tasdiqladi. U Neymarni bolalikdan o‘z kumiri deb bilishini va bu voqea ularning munosabatlariga ta’sir qilmasligini qo‘shimcha qildi.

Yarashtiruv jarayoni o‘yin davomida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Neymar Deportivo Recoleta darvozasiga gol urganidan so‘ng, Robinho Juniorni quchoqlab, uning yuziga do‘stona tarzda urib qo‘ydi. Bu imo-ishora jamoa ichidagi muhit yana barqarorlashganidan dalolat berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Neymar Robinho Junior bilan yuzaga kelgan mojaro yuzasidan uzr so‘radi