Khadija Shaw Manchester Sitini tark etmoqda

Manchester Siti ayollar jamoasining asosiy hujumchisi Khadija Shaw mavsum yakunida klubni tark etishga qaror qildi. Goal.com xabariga ko'ra, futbolchi va klub o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Joriy mavsumda 21 ta o'yinda 19 ta gol urgan o'yinchiga Chelsi klubi asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. London klubi unga yuqoriroq maosh va jozibador shartlar taklif qilgan.
Manchester Siti ayollar jamoasi 10 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya ayollar superligasida (WSL) chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, jamoa muxlislari uchun kutilmagan xabar tarqaldi. Jamoaning asosiy hujumchisi Khadija Shaw mavsum yakunida klubni tark etishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Khadija Shaw joriy mavsumda 21 ta o‘yinda 19 ta gol urib, jamoaning chempionlikka erishishida muhim rol o‘ynadi. Biroq, tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi va futbolchi yangi chaqiriqlarni qabul qilishga qaror qildi.
OAV xabarlariga ko‘ra, hujumchiga asosiy da’vogar sifatida Chelsi ko‘rilmoqda. London klubi futbolchiga Manchester Siti taklif qilganidan ko‘ra yuqoriroq maosh va jozibador shartlar taklif qilgan.
Ushbu transfer Manchester Siti uchun katta yo‘qotish bo‘lishi shubhasiz. 2021-yilda Bordo klubidan kelganidan buyon Khadija Shaw Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urgan hujumchilardan biriga aylangan edi.































Izohlar 0
…