Chelsi Liverpul bilan durang o‘ynab, mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘ydi

Angliya Premer-ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda Chelsi Liverpul maydonidan bir ochko bilan qaytdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Ryan Gravenberch hisobni ochgan bo‘lsa, Enzo Fernandez jarima zarbasidan muvozanatni tikladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
O‘yin davomida har ikki jamoa ham g‘alaba uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Xususan, Cole Palmerning goli ofsayd sababli bekor qilindi, Dominik Szoboszlai va Virgil van Dijk esa darvoza ustunini nishonga olishdi. Filip Jorgensen ikkinchi bo‘limda bir necha bor jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
Ushbu natija Chelsi uchun mag‘lubiyatlar seriyasini to‘xtatgan bo‘lsa-da, jamoaning Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdagi imkoniyatlarini yanada pasaytirdi. Arne Slot shogirdlari esa g‘alaba qozonish imkoniyatidan foydalana olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!