Lionel Messi MLS tarixida rekord o‘rnatdi: Inter Mayami Torontoni mag‘lub etdi

Lionel Messi o‘zining navbatdagi sehrli o‘yini bilan MLS tarixiga kirdi. Inter Mayami safida Toronto FCga qarshi bahsda argentinalik futbolchi nafaqat gol urdi, balki ikkita golli uzatmani amalga oshirib, MLSda 100 ta golli harakatga erishgan eng tezkor o‘yinchiga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uchrashuv 4:2 hisobida Inter Mayami foydasiga hal bo‘ldi. Mehmonlar safida Rodrigo de Paul, Luis Suarez va Sergio Reguillon ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Messi o‘yinning 75-daqiqasida o‘z golini urib, raqibning barcha umidlarini uzil-kesil yo‘qqa chiqardi.
Toronto FC safida Emilio Aristizabal dubl qayd etgan bo‘lsa-da, bu jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Inter Mayami himoyasidagi ba'zi xatolarga qaramay, hujumdagi yorqin o‘yin jamoaga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Messi o‘zining yuqori saviyasini yana bir bor namoyish etib, maydon markazida va hujum chizig‘ida raqib himoyachilarini qiynab qo‘ydi. Uning sheriklari bilan o‘zaro tushunishi va maydonni ko‘ra bilishi Inter Mayami hujumlarini yanada xavfli qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!