
«Barselona» hujumchisi Neymar «Real»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Marca nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Ispaniya futbol federasiyasi hakamlik qo‘mitasi Neymarni 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilishga qaror qilgan. Bunda qizil kartochka uchun standart bitta o‘yin, va Neymarning o‘yindan chiqib ketish jarayonida hakamlarni kinoyali olqishlagani uchun yana ikki uchrashuvga chetlatilishi ko‘zda tutilgan.
Natijada, braziliyalik futbolchi «Real Sosedad», «Real» va «Osasuna»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.
Bu haqda rasmiy xabar ertaga beriladi. «Barselona» bu qaror yuzasidan apellyasiya berishi kutilmoqda, ammo oxir-oqibatda bu shikoyat qondirilmaydi – chunki qoidalarga ko‘ra, bunday jazolar hech bir sabab bilan bekor qilinmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar