Jose Mourinho ikkinchi bor Real Madrid bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Real Madrid klubi o‘z tarixidagi shov-shuvli tayinlovga yaqin turibdi. Portugaliyalik mutaxassis Jose Mourinho 13 yillik tanaffusdan so‘ng Santiago Bernabeu stadioniga qaytishi kutilmoqda. Klub rahbariyati Alvaro Arbeloani almashtirish uchun aynan Mourinhoni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
BBC Sport xabariga ko‘ra, 63 yoshli murabbiy ayni damda shartnoma bo‘yicha yakuniy muzokaralarni olib bormoqda. Florentino Perez jamoani yana ichki va xalqaro maydonlarda yetakchiga aylantirish uchun tajribali murabbiyga ishonch bildirmoqda. Arbeloaning qisqa muddatli faoliyati esa klub rahbariyatini qoniqtirmadi.
Hozirda Benfica jamoasini boshqarayotgan Jose Mourinho mavsum yakunlangach, rasman o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda. U o‘zining so‘nggi matbuot anjumanida kelajagi borasidagi savollarga mavsum tugaganidan so‘ng javob berishini ta’kidlagan edi.
Real Madrid joriy mavsumni sovrinlarsiz yakunladi va jamoa Chempionlar ligasi hamda Ispaniya chempionatida kutilgan natijani ko‘rsata olmadi. Mourinho jamoani qabul qilib olgach, tarkibni qayta shakllantirish va yangi g‘alabalarga erishish vazifasini bajarishi kerak bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!