
«Barselona» yarim himoyachisi Xavi jamoadoshi Neymarning kelajagini yuqori baholadi, deb yozadi «Arena.uz».
«Neymar – ajoyib inson. U top saviyadagi futbolchi va Braziliya termasining etakchisi bo‘lishiga qaramay juda kamtarin yigit. Kiyinish xonasida jamoadoshlariga ijobiy ta’sir o‘tkaza oladi.
Neymar juda iqtidorli o‘yinchi. Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin Neymar jahonning eng kuchli futbolchisiga aylanadi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. U jamoada juda muhim vazifani bajarmoqda. Bu ishni «Barselona» da 21-22 yoshda amalga oshirish o‘ta qiyin ish.
Ishonchim komil, bizni oldinda Neymarning oltin davri kutayotmoqda» , - deya sports.ru Xavining fikrlarini keltiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar