
«Barselona» futbol klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes Kataloniya jamoasi Dani Alvesni sotib yuborib, katta xato qilganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Xavi ayni damda Qatarning «Al-Sadd» jamoasida to‘p surmoqda, Alves esa joriy mavsum avvalida Turinning «Yuventus» klubi safiga borib qo‘shildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Men Alvesni «Barselona»ga qaytargan bo‘lardim, u jamoaga juda etishmayapti. U «Barselona»ni tark etishga qaror qildi, men uchun esa Dani ayni damda dunyodagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachisidir», - deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal internet-portali.
Ma’lumot uchun, «Barselona» EChL chorak finalining birinchi uchrashuvida «Yuventus»ga mehmonda yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berdi. Javob bahsi 19 aprel kuniga rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar