Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda jangovar durang – 4:4 hisobi qayd etildi.
Uchrashuv yakunlangach o‘tkazilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi, deb yozadi O‘FF matbuot xizmati.
“Qayd etilgan natijadan umuman mamnun emasmiz. Yigitlar imkon qadar o‘ynashga urinishdi. Biroq himoya biroz pand berdi va kutilmagan gollarni o‘tkazib yubordik. Hisobda oldinda bora turib, gol o‘tkazib yuborish juda alamli. Bugun qilingan shuncha mehnat “osmonga uchdi”. Bizga bugun faqat va faqat g‘alaba zarur edi.
Shu sababli ham endi mazkur o‘yin videolavhasini ko‘rib chiqamiz va qo‘pol xatolar evaziga o‘tkazib yuborilgan gollarni muhokama qilamiz. Himoya chizig‘imiz bugun juda bo‘sh o‘yin namoyish etdi. To‘g‘ri, futbol – jamoaviy o‘yin. Bugun xato hammada bo‘ldi, natijada butun jamoa muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.
Shuningdek, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi – Marat Bikmaev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“To‘rtta ta gol ursang, ammo g‘alaba qozona olmasang juda-juda alam qilarkan. Boshida yomon o‘ynamadik, nazarimda. Ammo raqib ham gollarimizga gol bilan javob berishni uddaladi. Oxirgi paytlarda birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinlarimizda keyinchalik shiddat biroz pasaymoqda va natijada gol o‘tkazib yuboryapmiz. Hayronman, bu nima bilan bog‘liq ekan”, – dedi hujumchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”