Mbappe 2026-yilgi Jahon chempionatida kim eng koʻp gol urishini aytdi

1 daqiqa o'qish557
Mbappe 2026-yilgi Jahon chempionatida kim eng koʻp gol urishini aytdi

Real Madrid va Fransiya terma jamoasi yulduzi Kylian Mbappe 2026-yilgi Jahon chempionati toʻpurarlari borasida oʻzining dadil taxminlarini ilgari surdi. Qatardagi finalda alamli magʻlubiyatni boshdan kechirgan hujumchi Shimoliy Amerikada oʻtadigan turnirda oʻzining ustunligini namoyish etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kontent-meyker Finn Agostinelli va Sorare bilan hamkorlikdagi blits-savollarda Kylian Mbappe zamonamizning eng buyuk futbolchilari orasidan tanlov oʻtkazdi. Lionel Messi va Cristiano Ronaldo oʻrtasidagi bahsda u oʻz kumiri boʻlgan portugaliyalik yulduzni tanladi. Mbappening fikricha, 2026-yilda Ronaldo Messiga qaraganda koʻproq gol urishga muvaffaq boʻladi.

Shuningdek, u yosh iqtidorlar va jamoadoshlariga ham toʻxtalib oʻtdi. Barselona vakili Lamine Yamalni Erling Xoland va Florian Virtsdan ustun qoʻygan boʻlsa, Real Madriddagi jamoadoshi Vinicius Juniorni Harry Kanedan koʻra sermahsulroq boʻlishini taxmin qildi. Biroq, yakuniy tanlovda u Cristiano Ronaldo va oʻzi oʻrtasida ikkilanmasdan oʻz nomini birinchi oʻringa qoʻydi.

2022-yilgi finalda xet-trik qayd etganiga qaramay, chempionlikni boy bergan Kylian Mbappe oʻsha oʻyinni qayta koʻrmasligini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, finalni tomosha qilish "ichki demonlarni" uygʻotishi mumkin. 2026-yilgi turnir Messi va Ronaldo uchun oltinchi Jahon chempionati sifatida tarixga kirishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?