Mbappe Jahon chempionati-2026 to‘purarligini kimga ravo ko‘rdi?

Futbol olami katta hayajon bilan kutayotgan, AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlari mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga ham oz vaqt qolmoqda. «Real Madrid» klubi hamda Fransiya milliy terma jamoasining yetakchi hujumchisi Kilian Mbappe bo‘lajak dunyo birinchiligida kim eng ko‘p gol urishi borasida o‘z taxminlarini o‘ziga xos tarzda bayon qildi.
Amaldagi chempion — Argentina unvonini himoya qiladigan ushbu yirik turnir oldidan Mbappe The Touchline nashriga bergan blis-intervyusida bir qator yulduz futbolchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Quyida fransiyalik to‘purarning kutilgan va kutilmagan javoblari bilan tanishishingiz mumkin:
— Yamal yoki Holand? — Yamal.
— Yamal yoki Vinisius? — Vinisius.
— Vinisius yoki Keyn? — Vinisius.
— Vinisius yoki Messi? — Messi.
— Messi yoki Krishtianu Ronaldu? — Krishtianu.
— Krishtianu yoki Mbappe? — Men!
Ko‘rib turganingizdek, Mbappe avvaliga o‘z jamoadoshi Vinisiusni yosh iqtidor Lamin Yamal va Harri Keyndan ustun qo‘ygan bo‘lsa-da, baribir Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu fenomenini yuqori baholadi. Biroq eng so‘nggi final savolida u o‘zining yuksak ishonchi va chempionlik xarakterini namoyish etib, 2026 yilgi Jahon chempionatining mutlaq to‘purari aynan o‘zi bo‘lishini qat’iy ta’kidladi.





























Izohlar 0
…