Niderlandiyaga qarshi o‘yinda O‘zbekistonning asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi

Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida milliy terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarini davom ettirmoqda. O‘z tarixida ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun navbatdagi muhim sinovda maydonga tushadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi “oq bo‘rilar” Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi nazorat bahsi o‘tkazadi. Yevropa futbolidagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi uchrashuv vakillarimiz uchun juda jiddiy imtihon bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu bellashuv uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibi ma’lum qilindi. Kannavaro mazkur o‘yinda tajribali futbolchilar va so‘nggi yillarda milliy jamoada o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgan ijrochilarga ishonch bildirgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Niderlandiyaga qarshi asosiy tarkibi:
Darvozabon:
O‘tkir Yusupov
Himoyachilar:
Abduqodir Husanov
Farrux Sayfiyev
Rustam Ashurmatov
Sherzod Nasrullayev
Jahongir O‘rozov
Yarim himoyachilar:
Akmal Mozgovoy
Otabek Shukurov
Oston O‘runov
Abbosbek Fayzullayev
Hujumchi:
Bosh murabbiy: Fabio Kannavaro
Zaxira futbolchilari:
Abduvohid Ne’matov, Iskanderov, Eshmurodov, Botirali Ergashev, Hamdamov, Abdulla Abdullayev, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev, Esanov, Karimov, O‘lmasaliyev, Rahmonaliyev, Amonov, Jiyanov, Temirov.

Mazkur tarkibdan ko‘rinib turibdiki, Kannavaro Niderlandiyaga qarshi o‘yinda himoyada mustahkamlik va tezkor qarshi hujumlarga e’tibor qaratishi mumkin. Himoya chizig‘ida Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev, Sherzod Nasrullayev va Jahongir O‘rozov kabi futbolchilarning maydonga tushishi jamoaning orqa chiziqda zich va intizomli o‘ynashini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, Abduqodir Husanovga bu bahsda katta mas’uliyat yuklanadi. “Manchester Siti” himoyachisi Niderlandiyaning kuchli va tezkor hujumchilariga qarshi yakkama-yakka kurashlarda, havodagi to‘plarda va pozitsiya tanlashda jamoamiz uchun muhim figura bo‘lishi kutilmoqda.
Yarim himoyada Otabek Shukurov, Akmal Mozgovoy, Abbosbek Fayzullayev va Oston O‘runov harakat qiladi. Bu chiziqda asosiy vazifa raqib bosimidan chiqish, to‘pni saqlash, himoyaga yordam berish va hujumga tez o‘tishdan iborat bo‘ladi. Niderlandiya kabi jamoaga qarshi maydon markazidagi har bir qaror juda muhim.
Abbosbek Fayzullayev va Oston O‘runov esa tezligi, driblingi va kutilmagan harakatlari bilan raqib himoyasiga muammo tug‘dirishi mumkin. Ularning qanotlar yoki yarim hududlardagi faolligi Eldor Shomurodov uchun imkoniyatlar yaratib berishi kutilmoqda.
Hujum markazida esa milliy jamoamiz sardori Eldor Shomurodov maydonga tushadi. Ushbu o‘yinda Eldordan nafaqat golli vaziyatlarda faollik, balki to‘pni ushlab turish, hujumlarni bog‘lash va jamoadoshlarini oldinga boshlash ham talab etiladi.
Niderlandiyaga qarshi uchrashuv O‘zbekiston uchun oddiy o‘rtoqlik bahsi emas. Bu — Jahon chempionati oldidan eng muhim tayyorgarlik bosqichlaridan biri. Kuchli raqibga qarshi o‘yinda jamoaning himoyadagi tartibi, jismoniy holati, taktik intizomi va ruhiy tayyorgarligi sinovdan o‘tadi.
Fabio Kannavaro uchun ham bu bahs katta ahamiyatga ega. Italiyalik mutaxassis mundial oldidan asosiy tarkib, himoyadagi o‘zaro tushunish, yarim himoyadagi muvozanat va hujumdagi imkoniyatlarni yana bir bor ko‘rib oladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. Shu sababli har bir nazorat uchrashuvi, har bir epizod va har bir futbolchining harakati alohida ahamiyatga ega. Niderlandiyaga qarshi bahs esa “oq bo‘rilar” uchun haqiqiy katta sahna oldidan jiddiy repetitsiya bo‘ladi.
Muxlislar esa milliy jamoamizdan mardona o‘yin, tartibli himoya, tezkor hujumlar va ishonchli harakatlar kutishmoqda. Raqib kuchli, sinov og‘ir, ammo aynan shunday uchrashuvlar katta turnirlar oldidan jamoani pishitadi.





























Izohlar 0
…