Angliya Premer ligasining 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi derbi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Manchesterdagi «Etixad — Siti of Manchester» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin nursiz durang 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning katta qismida «shaharliklar» hududiy ustunlikka ega bo‘lishdi, to‘pni nazorat qilishdi. Biroq, mehmonlar mudofaasini yorib o‘tishning uddasidan chiqa olishmadi. «Qizil iblislar» Maruan Fellayni maydondan chetlatilganidan so‘ng, 10 kishi bo‘lib qolishdi. Fellayni ikki daqiqa ichida sariq va qizil kartochka olishni qoyillatdi. O‘yin oxirlarida ikki yarim oy mobaynida ilk marotaba maydonga tushgan Gabriel Jezus «MYu» darvozasini nishonga oldi, biroq hakamlar braziliyalikning o‘yindan tashqari holatda bo‘lganini qayd etishdi.
Ayni vaqtda «Siti» 65 ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «MYu» 64 ochko bilan uni ta’qib qilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”