Emi Martinez Yuventus bilan kelishuvga erishdi

1 daqiqa o'qish385
Emi Martinez Yuventus bilan kelishuvga erishdi

Aston Villa va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinez Italiyaning Yuventus klubiga oʻtishga yaqin turibdi. Xabarlarga koʻra, jahon chempioni Turin giganti bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan. Argentinalik posbon yozgi transfer oynasida Angliya Premer-ligasini A Seriyaga almashtirish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham rozi boʻlgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sky Italia nashrining maʻlum qilishicha, Martinez Yuventus bilan 2029-yilgacha moʻljallangan uch yillik shartnoma boʻyicha kelishib olgan. "Dibu" laqabi bilan mashhur darvozabon Turin klubi libosini kiyish istagida hozirgi 7 million yevrolik maoshini 5,5 million yevrogacha tushirishga tayyorligini bildirgan. U Italiya klubini faoliyatini davom ettirish uchun eng ideal maskan deb hisoblamoqda.

Garchi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuv boʻlsa-da, klublar oʻrtasidagi muzokaralar hali yakuniga yetmagan. Aston Villa oʻz yetakchisini qoʻyib yuborish uchun taxminan 15 million yevro tovon puli talab qilishi kutilmoqda. Yuventus esa darvozabonning yoshini (33 yosh) inobatga olgan holda, kelishuvni qulayroq moliyaviy shartlarda yakunlashni koʻzlamoqda.

Yuventus uzoq vaqt davomida Liverpul darvozaboni Alisson Becker variantini koʻrib chiqqan edi, biroq mersisaydliklar rad javobini bergach, bor eʻtiborini Martinezga qaratdi. Argentina bilan Jahon chempionati va Kopa Amerika gʻolibiga aylangan posbon Turin klubiga nafaqat mahorat, balki yetakchilik qobiliyatini ham olib kelishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?