«Bavariya» Germaniya chempionatining 31-turi doirasida «Volfsburg» ustidag 6:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Bu orqali jamoa muddatidan avval bundesliga chempionligini rasmiylashtirdi.
Myunxenliklar jamoasi shu tariqa mavsum yakuniga 3 tur qolganida 73 ochko jamg‘argan holda muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Ikkinchi o‘rindagi jamoa «RB Leypsig» bu vaqtda 10 ochko ortda qoldirildi.
«Bavariya»ning «Volfsburg»ga urgan gollariga David Alaba, Aren Robben, Tomas Myuller, Joshua Kimmix va Robert Levandovski (dubl) mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, «Bavariya» qatorasiga beshinchi marta, umumiy hisobda esa 27-marta Bundesliga g‘olibi bo‘lmoqda. Bu borada ikkinchi natija «Nyurnberg» tomonidan qayd etilgan (9 marta). Myunxenliklar jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa ilk marta Germaniya chempioni bo‘ldi.
Volfsburg – Bavariya 0:6 (0:3, 0:3)
Gollar: 0:1 – 19 Alaba, 0:2 – 36 Levandovski, 0:3 – 45 Levandovski, 0:4 – 66 Robben, 0:5 – 80 Myuller, 0:6 – 85 Kimmix.
Volfsburg – Kastels, Rodriges (Zeguin, 67), Knoxe, Xorn, Blashchikovski (Vieyrinya, 46), Bazur, Luis Gustavo, Arnold, Didavi (Ntep, 79), Gerxardt, Gomes.
Bavariya – lrayx, Martines, Hummels (Bernat, 68), Alaba, Robben, Lam (Rafinya, 71), Kimmih, Alkantara (Sanshesh, 75), Koman, Myuller, Levandovski.
Ogohlantirish: Luis Gustavo (19).
Chetlatish: Luis Gustavo (78). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi