11:14 / 01.05.2017
5 776

Bugun boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi

Bugun boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi
Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kira boshladi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etayotgan 5 nafar bokschimiz o‘z janglarini boshlashadi.

Xususan, soat 12:00 da start beriladigan kunduzgi janglarni 56 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev va turkmanistonlik Muradov Shodlikmurod boshlab berishadi.

Shundan so‘ng, 64 kg vaznli bokschimiz Xoldorov Iqboljon hindistonlik Ashishga qarshi ringga ko‘tariladi.

Soat 18:00 da boshlanadigan kechki bahslarni esa, Rio-2016 g‘olibi Hasanboy Do‘smatov (49 kg) shri-lankalik Palleha Sivankani sinovdan o‘tkazish bilan boshlab beradi.

Keyinroq, 75 kgli akrobat bokschimiz Isroil Madrimov falastinlik Abu Dabat Qosimga qarshi jang olib boradi.

Mazkur juftlik g‘olibi aniq bo‘lgach, ringga yana bir o‘zbekistonlik bokschi ko‘tariladi. 91 kggacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Kim Xyongkyu bilan keyingi bosqich masalasiga oydinlik kiritadi.

Shu munosabat bilan Zamin.uz tahririyati barcha boks muxlislarini hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlab, sportchilarimizga omad tilaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi