Uch boksyorlik assosiasiyasi tasnifi bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda jahonning yangi chempioni Entoni Joshua Vladimir Klichkoning atrofidagilarni «Uembli»da yengilgan bokschini qayta jang o‘tkazish fikridan qaytarishni so‘ragan.
«Fikrimcha, u baribir qayta jang uyushtirilishini xohlab qoladi. Chunki u jangni to‘xtatish kerakligini anglab etuvchi eng so‘nggi odam. Biroq uning atrofida unga maslahat beruvchi insonlar — suyukli yori, akasi bor. Ular unga qasos jangi o‘tkazmasligini maslahat berishlari kerak», — deya britaniyalik bokschining so‘zlarini keltiradi Boxingscene.com portali.
Joshuaning qayd etishicha, u Vladimir Klichkoni inson va bokschi sifatida nihoyatda hurmat qiladi, biroq ukrainalik bokschi yana ringga chiqishni istasa, u albatta bu chaqiruvni qabul qiladi.
O‘tgan shanbada Entoni Joshua Vladimir Klichkoni chempionlik jangida texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Jang uchun tuzilgan shartnomaga ko‘ra, qasos olish uchun qayta jang o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi