Foto: Reuters
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, hozirda Kiev shahri hokimi lavozimini egallab turgan Vitaliy Klichko o‘z ukasi Vladimir va britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangi imkoniyati haqida fikrlarini bildirdi.
«Vladimirning Joshua bilan revansh jangi o‘tkaziladimi? Bir narsani aytmoqchiman: jangning o‘zi – bu desert, uning ortida esa juda katta mehnat bor. Tasavvur qiling, 25 yil davomida har kuni zalga kelasiz va o‘zingizni tayyorlab borasiz, rejimga amal qilasiz. Tabiiyki, kishi bundan charchaydi. Biroq Vladimirda bunga xohish bo‘lsa, u o‘ziga aytadi: "Men jangga chiqaman, Joshuani mag‘lub etish uchun barchasini qilaman, hamda bu hayotimdagi eng muhim jang bo‘ladi”, - men esa o‘z ukamni har doim qo‘llab-quvvatlayman», - degan katta Klichko.
Kiev shahri hokimi so‘zlariga ko‘ra, u Vladimir ringga ko‘tarilishi va Joshua bilan barcha masalani hal qilishini istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang Londonda 30 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi hamda unda britaniyalik 11-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 27 yoshli angliyalik og‘ir vazn toifasi bo‘yicha Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA), Xalqaro boks federasiyasi (IBF) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni nomini qo‘lga kiritdi. Jangdan so‘ng har ikki bokschi revansh jangi bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”