
Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. Unda 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan va yarim finalga chiqa olmagan bokschilar o‘rtasida JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Kun.uz sayti.
So‘ngra, musobaqaning bosh sovrini uchun ringga o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov va hindistonlik Shiva Sapa chiqib kelishdi. Keskin kurashlar bilan boshlangan jang birinchi raunddayoq to‘xtatildi. Bunga bokschilarning kutilmaganda to‘qnashib ketishlari hamda jiddiy jarohat olganlari sabab bo‘ldi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, hakamlarning ballari hisoblandi. Unga muvofiq, 4-1 hisobida o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.