Zinedin Zidan nega Ronalduni qaydnomaga kiritmadi?

Zinedin Zidan nega Ronalduni qaydnomaga kiritmadi?
Madridning “Real” jamoasi Ispaniya chempionati 36-turida “Granada” mehmoni bo‘ladi. Madridliklar ustozi Zinedin Zidan mazkur o‘yin qadnomasini e’lon qildi.

E’tiborlisi, unda Krishtianu Ronaldu yo‘q, deb yozadi Sports.uz nashri. Katta ehtimol bilan fransiyalik mutaxassis portugaliyalik 32 yoshli futbolchini “Atletiko”ga qarshi EChL yarim final javob o‘yiniga asramoqda.

Quyida “Real”ning “Granada”ga qarshi qaydnomasi bilan tanishing:
Zinedin Zidan nega Ronalduni qaydnomaga kiritmadi?
Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Ruben Yanez;

Himoyachilar: Serxio Ramos, Nacho Fernandes, Marselo, Koentrao, Danilo

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Xames Rodriges, Kazemiro, Mateo Kovachich, Luka Modrich, Marko Asensio, Isko

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Mariano Diaz, Alvaro Morata.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar