22:36 / 06.05.2017
5 062

«Lester» APLda bu mavsumidagi maqsadiga erishdi

«Lester» APLda bu mavsumidagi maqsadiga erishdi
Angliya premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘z uyida «Uotford»ni qabul qilgan «Lester» mavsum yakunlanishiga uchta tur qolganida (bitta qoldirilgan uchrashuvi bor) APLda qolish vazifasini uddasidan chiqdi. Hozirda jamoa 43 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda va endilikda aniq 17-o‘rindan quyiga tushib ketmaydi.

Ligada qolish uchun kurashayotgan «Hall» esa bu turda APLni tark etib bo‘lgan «Sanderlend»ni qabul qilib, kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jamoa 34 ochko bilan 17-o‘rinda qolayotgan bo‘lsada, «Suonsi» bitta zaxira o‘yini bilan ulardan 2 ochko ortda qolmoqda.

Shuningdek bu turda «Bornmut» va «Byornli» ham o‘z uyida durang o‘ynab, APLda qolish masalasini deyarli hal qilib qo‘yishdi.

Angliya premer-ligasi, 36-tur

Lester – Uotford 3:0 (1:0)

Gollar: Ndidi (38), Mahrez (58), Olbrayton (90).
Lester: Shmeyxel, Benaluan, Fuks, Simpson, Hut, Drinkuoter (King, 67), Ndidi, Olbrayton, Mahrez (Grey, 78), Okadzaki (Slimani, 63), Vardi.
Uotford: Gomes, Mariappa, Kabasele (Suniga, 72), Yanmat, Predl, Kleverli, Amrabat, Kapu (Dini, 67), Dukure, Okaka Chuka, Nyang (Pereyra, 83).

Bornmut – Stok Siti 2:2 (0:1)
Gollar: Stanislas (62), Shoukross (81, avtogol) – Musse (33, avtogol), Diuf (73).
Bornmut: Borus, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Kuk, Arter, Pyu (Ayb, 79), Stanislas (Gradel, 72), King, Musse (Freyzer, 58).
Stok Siti: Batlend, Martins Indi, Shoukross, Munesa, Kemeron, Allen, Uelan, Arnautovich (Piters, 90), Shakiri, Jonson, Diuf (Uolters, 77).
Ogohlantirishlar: Arter (26), Gradel (89).

Hall Siti – Sanderlend 0:2 (0:0)
Gollar: Jons (69), Defo (90).
Hall: Yakupovich, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, Markovich (Xaddlstoun, 65), Al-Muhammadi (Evandro, 86), Klukas, Ndiaye (Mbokani, 77), Grosiski, Ernandes, Nyasse.
Sanderlend: Pikford, Kone, Denayer, Mankilo, O′Shi, Xanimen (Larsson, 79), Ndong, Jons, Anichebe, Borini, Defo.
Ogohlantirishlar: Klukas (27), Grosiski (33), Al-Muhammadi (83), Anichebe (89).

Byornli – Vest Bromvich 2:2 (0:0)
Gollar: Vouks (56, 86) – Rondon (66), Douson (78).
Byornli: Hiton, Long, Uord, Louton, Tarkovski, Boyd (Breydi, 83), Vestvud, Xendrik, Arfild (Gudmundsson, 83), Vouks, Barns (Grey, 79).
Vest Bromvich: Foster, Makoli, Uilson (Yakob, 88), Douson, Evans (Nom, 51), Fletcher, Livermor, Makkleyn, Fild (Morrison, 54), Brant, Rondon.
Ogohlantirishlar: Barns (58), Uilson (76), Makoli (85), Nom (90).

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lester» APLda bu mavsumidagi maqsadiga erishdi