
Singapurlik milliarder Piter Lim portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning qiyofasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
6 yilga tuzilgan kelishuv summasi hozircha ma’lum qilinmadi.
Kelishuvga ko‘ra, biznesmenga tegishli Mint Media kompaniyasi hozirda «Real» klubi foydalanayotgan rasmlardan tashqari portugaliyalik futbolchining barcha suratlariga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.
Forbes reytingiga ko‘ra, Singapurning eng boy kishilari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallab turgan Lim «Ronaldu brendi qimmatlashib boraverishini, uning kompaniyasi bu brendni Osiyoda rivojlantirishi»ni ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi dunyoning eng boy sportchilari ro‘yxatida 3-pog‘onani egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.