17:20 / 07.05.2017
7 298

Andijon boks maktabi vakillari 2 soatda 3 ta oltin medal keltirdi (Video)

Andijon boks maktabi vakillari 2 soatda 3 ta oltin medal keltirdi (Video)
Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 7 may kuniga belgilangan final bahslari kunduzgi dasturi yakunlandi. Unda 64 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan o‘zbekistonlik yosh iqtidorli bokschi Iqboljon Haydarov va mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsux bilan kuch sinashdi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra, Iqboljon Xoldorov g‘alaba qozondi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Qayd etish kerakki, bu Andijon boks maktabi vakillarining 2 soatda 3 ta oltin medal keltirishi bo‘ldi.

-49 kg vazn toifasida Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov hal qiluvchi jangni mo‘g‘ulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarshi o‘tkazib g‘alaba qozongan, yana bir andijonlik bokschi 52 kg vazn toifasi vakili Jasur Latipov muvaffaqiyatli yurishni davom ettirdi va janubiy koreyalik raqibini taslim qilgandi.

Ma’lumot uchun, final janglarida ringga chiqqan 7 bokschining barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Oldinda o‘zbekistonliklar uchun yana 2 ta final jangi bor.

-69 kg vazn toifasida Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Ablaixon Jusupovga qarshi ringga ko‘tariladi (18:30), +91 kg vazn toifasida esa Bahodir Jalolov boshqa bir qozog‘istonlik Kamishbek Konkabaev bilan mushtlashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andijon boks maktabi vakillari 2 soatda 3 ta oltin medal keltirdi (Video)