01:38 / 08.05.2017
5 791

La-liga. Chempionlik kimga nasib etadi?

La-liga. Chempionlik kimga nasib etadi?
Futbol bo‘yicha “kuchli beshlik” deya nom olgan chempionatlarda 2016-2017 yilgi mavsum tobora poyoniga etib, chempionlik poygasi hal qiluvchi bosqichga kirib ulgurgan. Ushbu chempionatlar doirasida biz sizlar bilan Ispaniya La-ligasidagi chempionlik poygasida kimning imkoniyati yuqoriroq ekanligini tahlil qilib chiqamiz. Demak ayni paytda 36-turdan keyin Barselona klubi 84 ochko bilan turnir jadvalining 1-o‘rinida, Real Madrid klubida 84 ochko bilan jadvalning 2-o‘rinida turibdi. Har ikkala klubda ochkolar teng, lekin o‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra Barselona jadvalning 1-o‘riniga joylashgan. Ushbu mavsumda bu ikkala buyuk klublar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘zaro o‘yinlarda, ya’ni “el-klassikoda” Kataloniyada 1:1 hisobida durang qayd etilgan bo‘lsa, Madridda 2:3 hisobida Barselona g‘alaba qozongan. Lekin shuni aytish joizki, Real Madrid hisobida Selta jamoasi bilan qoldirilgan uchrashuv ham bor. Jadvalning 3-o‘rinida yana bir Madrid klubi Atletiko 74 ochko jamg‘argan xolda bormoqda. Mavsum yakunlanishiga atigi ikki tur qolganda, Atletiko Madrid Barselona va Real Madrid klublariga eta olmasligini hisobga olsak, chempionlik uchun kurash Real Madrid va Barselona o‘rtasida kechishi aniq. Demak qolgan turlarda ushbu klublar o‘tkazadigan uchrashuvlar taqvimi bilan tanishing:

Barselona:

14.05.2017 yil. 37-tur. Las-Palmas-Barselona.

21.05.2017 yil. 38-tur. Barselona-Eybar.

Real Madrid:

14.05.2017 yil. 37-tur. Real Madrid-Sevilya

17.05.2017 yil. Qoldirilgan 21-tur. Selta-Real Madrid.

21.05.2017 yil. 38-tur. Malaga-Real Madrid.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La-liga. Chempionlik kimga nasib etadi?