Angliya Fransiyani mag‘lub etib, JCH-2026da uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

FIFA 2026 jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan Fransiya va Angliya o‘rtasidagi o‘yin sergol va keskin kechdi. Uchrashuv 6:4 hisobida Angliya foydasiga yakunlandi.
Fransiya safida Kilian Mbappe 48 va 66-daqiqalarda dubl qayd etdi. Bredli Barkola 54-daqiqada, Usmon Dembele esa 90+6-daqiqada gol urdi.
Angliyaning gollariga Deklan Rays 3-daqiqada, Ezri Konsa 18-daqiqada, Bukayo Saka 37, 45+1 va 87-daqiqalarda mualliflik qildi. Jud Bellingem 90+8-daqiqada yana bir gol kiritdi. Saka shu tariqa uchrashuvda xet-trik qayd etdi.
Statistikada jamoalar zarbalar bo‘yicha teng ko‘rsatkich qayd etdi, har ikkisi 18 martadan zarba berdi. Darvozaga aniq zarbalarda Angliya 10:9 hisobida ustun bo‘ldi.
To‘p nazoratida ham inglizlar oldinda bo‘ldi, 55 foiz. Fransiyada bu ko‘rsatkich 45 foizni tashkil etdi. Angliya 475 ta, Fransiya 414 ta pas amalga oshirdi. Pas aniqligi ikki jamoada ham 92 foiz bo‘ldi.
Follar bo‘yicha Fransiya 13 marta, Angliya 7 marta qoida buzdi. Uchrashuvda sariq va qizil kartochkalar qayd etilmadi. Ofsaydlar har ikki jamoada 3 tadan bo‘ldi. Burchak to‘plarida Angliya 4:3 hisobida ustunlik qildi.
Shu natijadan keyin Angliya JCH-2026da uchinchi o‘rinni egalladi. Fransiya esa musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.































Izohlar 0
…