Rio Olimpiadasi sovrindori Fazliddin G‘oyibnazarov 21 may, yakshanba kuni tongda AQShning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi, deb xabar berdi Qalampir nashri. G‘oyibnazarovning raqibi amerikalik Agustin Mauras bo‘ladi.
1990 yilda tug‘ilgan bokschi shu kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazgan. Mazkur janglardan 6 tasida g‘alaba qozongan Agustin 2 bor mag‘lub bo‘lgan. Uch marotaba esa uning ishtirokidagi jangda g‘olib aniqlanmagan.
Bugun bokschilar an’anaga ko‘ra, tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishadi. Nyu-Yorkdagi boks oqshomining markaziy jangi amerikalik ikki yo‘nalish chempioni Terens Krouford ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oyibnazarov AQShning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo‘lib o‘tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin