JCH finali qayta o‘tkaziladimi? 61 mingdan ortiq muxlis FIFA'ga talab bilan chiqdi

JCH finali qayta o‘tkaziladimi? 61 mingdan ortiq muxlis FIFA'ga talab bilan chiqdi

2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgan Argentina muxlislari FIFA'dan hal qiluvchi uchrashuvni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda. Ayni vaqtga kelib, mazkur talabni qo‘llab-quvvatlaganlar soni 61 mingdan oshdi.

Joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan final bahsida Ispaniya qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionligiga erishgan edi. Biroq o‘yindan keyin argentinalik muxlislar bosh hakam Slavko Vinchichning ayrim qarorlaridan norozi bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarni boshlab yubordi.

Uchrashuv tugaganidan so‘ng Change.org platformasida FIFA'dan finalni qayta o‘tkazishni talab qiluvchi onlayn petitsiya e’lon qilindi. Hozirga qadar ushbu murojaatni 61,5 mingdan ortiq kishi imzolagan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ortishda davom etmoqda.

Petitsiya muallifi Gisela Sanchesning ta’kidlashicha, sloveniyalik hakam Slavko Vinchichning bir qator bahsli qarorlari o‘yin taqdiriga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Uning fikricha, ayrim epizodlarda qabul qilingan qarorlar Argentina terma jamoasi manfaatlariga zid bo‘lgan va final natijasiga ta’sir qilgan.

E’tiborlisi, 2026 yilgi Jahon chempionati davomida bu kabi holat ilk bor kuzatilayotgani yo‘q. Avvalroq Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi yarim finaldan keyin ham 82 mingdan ortiq fransuz muxlisi bahsli penalti qarori sabab uchrashuvni qayta o‘tkazishni talab qilib petitsiyaga imzo chekkan edi. Ammo o‘sha holatda ham FIFA rasmiy natijani o‘zgartirmagan va musobaqa natijalari o‘z kuchida qolgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar