«Real» futbolchilari matbuot anjumani vaqtida Zidanga «hujum qilishdi» (Video)

«Real» futbolchilari matbuot anjumani vaqtida Zidanga «hujum qilishdi» (Video)
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng ilk matbuot anjumaniga tashrif buyurganida futbolchilar u o‘tirgan joyga bostirib kirishdi.

«Real» futbolchilari Alvaro Morata, Marselo, Danilo, Karlos Kazemiro va Lukas Vaskes Zidan o‘tirgan o‘rindiqqa g‘alaba shampanlarini purkab u bilan birga g‘alabani nishonlab, zalni tark etishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 38-turda «Malaga»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 93taga etkazgan va besh yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar