Nima uchun «Olimpiada-2016» g‘oliblari medallarini qaytarishmoqda?!

Nima uchun «Olimpiada-2016» g‘oliblari medallarini qaytarishmoqda?!
“Olimpiada-2016” g‘oliblari medallari zanglagani va qora dog‘lar paydo bo‘lgani uchun ularni tashkilotchilarga qaytarmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Rio-de-Janeyro zarbxonasiga 100 dan ortiq medallar qayta ta’mirlash uchun topshirildi. Ammo tashkilotchilar ayblarini tan olmay, ularning zanglashiga egalarining yaxshi saqlamaganligi sabab bo‘lgan, deb hisoblamoqda. Zang va qora dog‘lar tufayli Ria-de-Janeyroda o‘tkazilgan “Olimpiada-2016”ning yuzdan ortiq g‘oliblari ommaviy ravishda medallarini qaytarib topshirdi. Asosan bronza medallar qorayib ketgan.

“Rio-2016” tashkiliy qo‘mitasining jamoatchilik bilan aloqa qilish direktori Mario Andradaning ma’lumot berishicha, qaytarilgan medallar orasida “Paralimpiada-2016” g‘oliblarining ham medallari mavjuddir. Ayni paytda Rio-de-Janeyro zarbxonasiga umumiy hisobda 130 ta medal topshirildi. Mazkur medallarni aynan qaysi sportchilar qaytarib topshirgani oshkor etilmadi. Andrada medallar Braziliya zarbxonasida qayta ta’mirlangach, egalariga qaytarilishiga va’da berdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar