21:12 / 25.05.2017
5 679

Ronalduga ham 8 mln. evro jarima va 4 oylik qamoq jazosi xavf solyapti

Ronalduga ham 8 mln. evro jarima va 4 oylik qamoq jazosi xavf solyapti
Ispaniya soliq xizmatining ma’lum qilishicha, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2011 dan 2013 yilgacha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan va buning oqibatida g‘aznaga 8 million evro kelib tushmagan, deya Stadion sayti xabar tarqatdi.

Hozirda soliq xizmati portugaliyalik futbolchining harakati jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik ekanini aniqlamoqda. Gap shundaki, mamlakat moliya organi surishtiruv e’lon qilganidan so‘ng, Ronaldu o‘z ishlarini tartibga keltirishga shoshilgan. Bu masala hozir prokuratura zimmasida. Agar Ronalduning harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topilsa, u davlat g‘aznasiga 8 mln. evro to‘laydi. Agar uning ishi soliqqa oid jinoyat deb topilsa yana o‘sha summadagi jarima bilan 4 oylik qamoq jazosi tayinlanadi.

Avvalroq Ispaniya Oliy sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messini 21 oy qamoq jazosiga hukm qilganligi haqida xabar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduga ham 8 mln. evro jarima va 4 oylik qamoq jazosi xavf solyapti