
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ixtiyoriy tarzda 6 million evro mablag‘ni to‘lab berdi. U Ispaniya moliya vazirligi va soliq xizmati tomonidan 15 mln. evrolik soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Ronaldu talab etilayotgan pullarni ko‘ngilli ravishda to‘lab berib, jinoiy ish ochilishi va jinoiy ta’qibdan qutulib qolishi mumkin. Aks holda, futbolchi yirik jarimaga tortiladi va besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi ehtimolga yaqin.
Soliq idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu 2014 yilda imidj huquqlarini sotishdan olingan daromadlardan soliq to‘lamagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar