
Angliya Kubogi finalidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Chelsi» uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. «Uembli» stadionida kechgan finalda «to‘pchi»ning qo‘li baland keldi.
Uchrashuv debyutidayoq Aleksis Sanches «Arsenal»ni oldinga olib chiqdi va birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi. O‘yinning 68-daqiqasida «Chelsi» himoyachisi Viktor Mozes maydondan chetlatildi.
Biroq «ko‘klar» ushbu holatda tushkunlikka tushmadilar va hujumga tashlandilar bu esa tez orada o‘z samarasini berdi, ya’ni 76-daqiqada Diego Kosta o‘yindagi muvozanatni tikladi. Oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Remzi yana «Arsenal»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng, Arsen Venger shogirdlari ushbu mavsumdagi ilk sovrinlarini qo‘lga kiritdilar.
Angliya Kubogi Final
Arsenal – Chelsi 2:1
Gollar: 1:0 – 4 Sanches, 1:1 – 76 Diego Kosta, 2:1 – 79 Remzi.
Arsenal – Ospina, Mertesaker, Monreal, Belerin, Xolding, Jaka, Oksleyd-Chemberlen (Koklen, 82), Ozil, Remzi, Sanches, Uelbek (Jiru, 78).
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Fabregas, 61), Mozes, Pedro (Villian, 72), Kante, Azar, Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Remzi (9), Xolding (53), Mozes (57), Kante (59), Jaka (81), Koklen (83).
Chetlatish: Mozes (68).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar