O‘z zamonasining eng yaxshi futbolchilaridan biri Luish Figu Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirishdan voz kechdi. Gulf News'da shu mavzudagi xabar berildi.
Figu "Eng yaxshi o‘yinchi Messimi yoki Ronaldu?" degan savolga quyidagicha javob berdi: "Ularning ikkisi ham dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari. Ulardan birini tanlab, "shunisi yaxshi" deyish qiyin.
"Oxir-oqibat, Ronaldu va Messi - futbol olamidagi eng ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritgan o‘yinchilar va bu ularning futbolchi sifatidagi ulkan iste’dodidan dalolat beradi. Men hech qachon ulardan birini tanlamagan bo‘lardim", - qo‘shimcha qildi Figu.
44 yoshli portugaliyalik futbol yulduzi - ham "Barselona", ham "Real Madrid" safida to‘p surgan o‘yinchilardan biri. "Ikki klubni bir-biriga taqqoslash noo‘rin - murakkab tanlov. Bu ko‘proq La-Ligada qaysi klub g‘alaba qozonishiga bog‘liq. Joriy yilda "Real" yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi va o‘ylashimcha, jamoa bunga munosib", - dedi Figu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi