21:44 / 31.05.2017
6 259

O‘zbekiston terma jamoasi Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi

O‘zbekiston terma jamoasi Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi
Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va Eronga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi uchrashuviga tayyorgarlik qilish uchun o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini boshladi.

O‘quv-mashg‘ulotlar “JAR” stadionida o‘tkazildi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarda ishtirok etish uchun 28 futbolchini taklif qilgandi. O‘zbekiston Kubogi o‘yinlarida ishtirok etayotgan klublardan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar, shuningdek, bir necha nafar legioner mashg‘ulotlarga keyinroq qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi