
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Kataloniya poytaxtidan uzoq bo‘lmagan joydan to‘rt yulduzli mehmonxona sotib oldi.
ARA nashri bergan xabarga ko‘ra ushbu mehmonxonada 77 nomer bor, bu xonalarda bir kecha tunash mavsumga qarab 250-300 evro bo‘ladi.
Bu savdo Messiga tegishli kompaniya (Kompaniya 2010 yilda tuzilgan, uni futbolchining akasi Rodrigo boshqaradi) tomonidan amalga oshirilgan, mehmonxona 30 million evroga sotib olingan.
Bundan oldinroq Messining «Barselona» bilan tuzadigan yangi shartnomasiga ko‘ra yillik maosh miqdori 30 million evroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar