
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu turli klublarning qiziqishiga sabab bo‘lishda davom etmoqda, deb xabar beradi AS.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan Xitoy jamoasi Portugaliya termasi futbolchisi uchun 200 mln. evro taklif qildi. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 120 mln. evrolik maosh taklif etilmoqda. Agarda bunday transfer amalga oshadigan bo‘lsa, bu rekord maosh bo‘ladi, sababi hozirga qadar hech kimga shuncha ish haqi taklif qilinmagan. Ta’kidlab o‘tish joizki, Xitoy klubi rahbariyati bu kelishuvni amalga oshirishga qat’iy ahd qilgan va Madridga kelasi haftada uchib bormoqchi. U erda «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o‘tkaziladi.
Avvalroq «PSJ», «Monako» va «Manchester Yunayted» Ronaldu uchun 180 mln. evro taklif qilishgani haqida xabarlar tarqaldi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar