
JCh-2018 saralashidagi O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi bugun, 15 iyun kuni iste’foga chiqarildi, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.
Ma’lumot uchun, Uli Shtilike 2 yil 9 oylik faoliyatdan so‘ng Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiylar shtabini tark etdi. Jamoa germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 25 ta g‘alaba, 5 ta durang va 8 ta mag‘lubiyatni qayd etgan.
Ayni paytda Janubiy Koreya JCh-2018 saralashining “A” guruhida 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi esa 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya seshanba kuni Qatarga safar uyushtirib 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar